Veb frontend dasturchilar uchun kerak bo’ladigan texnologiyalar.
Agar siz veb frontend dasturchi bo’lmoqchi bo’lsangiz quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishingiz kerak!
HTML – birinchi bo’lib siz HTML tilini o’rganishingiz kerak. HTMLni biz saytni skeleti deb tushunsak ham bo’ladi. Agarda sizda HTMLdan yetarlicha bilm va tajriba bo’lsa endi navbat CSSga!
CSS – bu texnologiyada biz yasagan skeletimizga turli bezaklar beramiz. Yani oddiy bir xonani jihozlar bilan bezagandek… CSSni ham o’ziga yarasha murakkab tomonlari bor. Odatda ko’p boshlang’ich dasturchilar CSSni yaxshilab o’rganmay Bootstrap, Sass kabi texnologiyalarga o’tib ketishadi. Siz Bootstrap, Sass ga o’tishingiz mumkin, qachonki CSSni puxta o’rganib bo’lgan bo’lsangiz!
Sass, Bootstrap – ana endi navbat ishingizni yengillashtirishga. Agarda siz HTML va CSSni puxta o’rganib, yetarlicha tajriba orttirgan bo’lsangiz, Sass va Bootstrapni o’rganishingiz mumkin. Agar sizda CSSdan yetarlicha tajriba va bilim bo’lsa bu ikkisini o’rganish uchun 2 hafta bemalol yetarli!
Git – endi esa navbat Gitga. Git o’zi nima desak biz uchun eng qulay texnologiyalardan biridir. Misol uchun sizni loyihangiz turgan kompyuter format bo’lib ketdi. Ammo siz Github ga joylagan bo’lsangiz, istagan paytda uni kompyuteringizga klonlay olasiz. Va eng muhimi siz ishga joylashayotganingizda ham sizdan Github bo’yicha ko’nikmalar talab qilinadi.
Yuqoridagi texnologiyalarni o’rganib amaliyot qilganingizdan so’ng navbatdagi texnologiya JavaScript.
Javascript – bu texnologiyani saytimizni harakatga keltiruvchi texnologiya deb tushunsak ham bo’ladi. Yuqoridagi texnologiyalar bilan katta ishlar qilib bo’lmaydi va ularni o’zi bilan siz ishlay olmaysiz. Siz ishlay olishingiz uchun minimum 1 ta dasturlash tilini bilishingiz kerak. Xullas JavaScript bilan ancha ishlar qilish mumkin. Agarda siz Javascript asoslarini tugatgan bo’lsangiz endi xuddi Bootstrap, Sass kabi JavaScriptni ham React, Vue, Angular, Nodejs shunday texnologiyalarini o’rganasiz.
Eslatma: JavaScriptdan oldingi sanab o’tgan narsalarimni birortasi ham dasturlash tiliga kirmaydi! Ular shunchaki belgilash tillari.
